Grizmann Frantsiya terma jamoasida Zidanning natijasini takrorladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 223
Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Antuan Grizmann Millatlar Ligasi doirasida o'tkazilgan Xorvatiyaga qarshi uchrashuvda (4:2) o'z nomiga gol yozdirib qo'ydi.
Grizmann uchun ushbu gol terma jamoa safidagi 31-gol bo'ldi. Shu tariqa «Barselona» forvardi mazkur ko'rsatkich bo'yicha Zinedin Zidanga etib oldi va Frantsiya tarixidagi beshinchi eng yaxshi to'purarga aylandi.
Birinchi o'rinda 51 ta gol bilan Terri Anri borayotgan bo'lsa, ikkinchi o'rindan Mishel Platini (41 ta gol) joy olgan. Olive Jiru esa (40 ta gol) bilan kuchli uchlikka yakun yasab bergan.
Ma'lumot o'rnida, 29 yoshli Grizmann La Liga 2019/20 yilgi mavsumida 35 o'yin o'tkazib, 9 ta gol va 5 ta golga mualliflik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!