Messi «Barselona»ning kechki mashg'ulotida ishtirok etmadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 168
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi jamoasining kechagi kundan o'rin olgan kechki mashg'ulotida ishtirok etmadi.
Sport.es tarqatgan xabarga ko'ra, Serxio Buskets, Frenki de Yong, Filippe Koutino va Ansu Fati ham kechki mashg'ulotlarni o'tkazib yuborishdi.
Mazkur futbolchilar mavsumga tayyorgarlikni boshqalarga nisbatan kech boshlashgani sababli, ularning bir kunda ikkita mashg'ulotda ishtirok etishi maqsadga muvofiq emas, deb topildi.
Eslatib o'tamiz, Messi kecha ertalab ilk marta jamoasining umumiy guruh mashg'ulotida qatnashgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!