La liga boshlanish sanasi bir kun keyinga surildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 259
Ispaniya La ligasi yangi mavsumi boshlanish sanasi bir kun keyinga surildi. Bu haqda ispan matbuoti xabar tarqatdi.
Mavsum 11 sentyabr kuni «Granada» va «Atletik» klublari o'rtasidagi o'yin bilan boshlanishi kerak edi. Ammo Ispaniya qirollik futbol federatsiyasi bunga qarshilik qildi, apellyatsiya berdi va yakunda bunda g'olib chiqdi.
O'tgan mavsumdan buyon Federatsiya va La liga o'rtasida kelishmovchilik mavjud. Federatsiya uchrashuvlarni faqat shanba va yakshanba kunlari o'tkazish tarafdori bo'lsa, Xaver Tebas (Liga prezidenti) esa bahslarni juma va dushanba kunlariga belgilashga qarshi. O'tgan yili Ispaniya sudi o'yinlarni juma kuniga belgilashga ruxsat berib, dushanba kunini esa taqvimdan chiqargandi. Faqat mavsum so'nggiga kelib ehtiyoj yuzasidan uchrashuvlarni haftaning barcha kunlarida o'tkazish uchun ruxsat berilgandi.
Natijada «Granada» — «Atletik» bahsi 12 sentyabrga, «Alaves» va «Betis» o'rtasidagi to'qnashuv esa 13 sentyabr kuniga ko'chirildi.