A Seriyada nechta futbolchi almashtirish mumkin?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 291
A Seriyaning yangi boshlanayotgan mavsumida klublar beshtadan futbolchi almashtirish imkoniyatini saqlab qoladigan bo'ldi, deya xabar bermoqda Italiya Futbol Federatsiyasi ma'suli Gabriel Gravina.
"A Seriya 2020/21 yilgi mavsumda ham beshta futbolchi almashtirishni so'radi. Shuni aytishim mumkinki, chempionatning boshida beshtadan futbolchi almashtirishga ruxsat beriladi", - Gravinaning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Football Italia.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!