Rasman. EChL va Evropa ligasi guruh bosqichi qachon o'tkazilishi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 208
UEFA Gretsiya hukumati a'zolari bilan maslahatlashgach, evrokuboklarning guruh bosqichi uchun qur'a tashlash marosimini 1-2 oktyabr kunlariga ko'chirishga qaror qildi. Bundan tashqari, Afinada o'tkazilishi kerak bo'lgan marosim Shveytsariyaning Non shahriga ko'chirildi.
Evropa chempionlar ligasi qur'a tashlash marosimi 1 oktyabr kuni o'tkaziladi. Shu kuni mavsumning eng yaxshi o'yinchisi sovrini ham o'z egasiga topshiriladi. 2 oktyabr kuni esa Evropa ligasi uchun qur'a tashlanadi.
Qur'a va taqdirlash marosimi UEFA qarorgohida yopiq eshiklar ortida o'tkaziladi. Unga klublar vakillari va matbuot kiritilmaydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!