Mourino «Manchester Siti»ning ustidan kuldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 430
«Tottenxem» bosh murabbiyi Joze Mourino «Manchester Siti» tomon navbatdagi "hujum"ni uyushtirdi.
Avvalroq portugaliyalik mutaxassis Sport arbitraj sudining "shaharliklar"ni evrokuboklardan chetlatish haqidagi qarorini bekor qilganini "sharmanda" deb atagandi.
Mourino jurnalistlar tomonidan berilgan "Lionel Messini o'z jamoangizda ko'rishni istarmidingiz?", degan savolga quyidagicha javob berdi.
«Biz «Tottenxem» moliyaviy halol o'yin qoidasini hurmat qilamiz. Messi esa faqat bu qoidani hurmat qilmaydigan jamoaga o'tishi mumkin. «Tottenxem» bunday jamoa emas», — dedi Mourino.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!