Krishtianu Ronaldu: «Muxlislarsiz futbol masxarabozsiz tsirkka o'xshaydi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 245
«Yuventus» va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu koronavirus pandemiyasi sabab futbol bahslarining tomoshabinlarsiz o'tkazilayotgani borasida o'z fikrlarini bayon qildi.
"Menga tribunadan turib olqishlashsa yoqadi. Bu menga qo'shimcha kuch bag'ishlaydi. Ammo insonlar salomatligi birinchi o'rinda turadi. JSST (Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti) ko'rsatmalariga amal qilish kerak. Eng muhimi insonlar.
Ammo umuman olganda esa muxlislarsiz futbol masxarabozsiz tsirk va bog'ga borib, gullarni ko'rmaslik bilan barobar", — dedi Krishtianu Ronaldu.
Qayd etish joiz, 8 sentyabr kuni Portugaliya Millatlar Ligasining ikkinchi turida Shvetsiyani mag'lub etdi (2:0). Ronaldu esa mazkur bahsda ikkita gol urib (gollarning biri jarima zarbasidan, biri esa uzoq masofadan), o'zining terma jamoadagi gollarini 101 taga etkazib oldi.