So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Jasur Jaloliddinov: «Lokomotiv»dagi debyutimdan ko'nglim to'lmadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 398
O'zbekistonlik yarim himoyachi Jasur Jaloliddinov «Lokomotiv» safida norasmiy debyutini o'tkazdi. Rossiya U-19 terma jamoasiga qarshi kechgan nazorat bahsi (1:3) Jasur uchun moskvaliklar jamoasidagi ilk o'yin bo'ldi.
Mazkur o'yindan keyin «temir yo'lchilar» matbuot xizmati Jaloliddinovdan intervyu oldi.
— «Lokomotiv»dagi birinchi o'yiningga qanday baho berasan?
— Qiyin bo'ldi. Jamoaga butkul moslashib ketdim, ammo hali formamni tiklashim kerak. O'zbekiston chempionatida tanaffus yuzaga kelgandi, ko'p vaqtda o'ynay olmadim.
— Bu o'yindagi harakatlaringdan ko'ngling to'ldimi?
— Yo'q, hali yuz foiz tayyor emasman. Jismoniy tomondan to'liq tayyor bo'lmasang, o'zingni ko'rsatish qiyin kechadi.
— Mazkur o'yinda hujumning barcha chizig'ida harakat qilding. Qay biri qulayroq?
— Farqi yo'q — chap, o'ng yoki hujum orti.
— Murabbiy qanday ko'rsatma berdi?
— Qanotlarda yordam berish va ikkinchi hujumchi sifatida harakat qilishimni aytdi. Ederga yaqinroq o'ynadim.
— Jamoaning o'yiniga qanday baho berasan?
— Xulosalar chiqarish kerak. Istalgan mag'lubiyat yaxshi emas, sababi barcha bahslar muhim. Yomon o'ynamadik, ammo o'yin unutiladi, natija esa qoladi.
— Jamoaga moslashib ketganingni aytding. Bunda kimlar yordam berdi?
— Barcha yigitlar — Gilerme, Chorluka. Mashg'ulotdan keyin Aleksey Miranchuk bilan qolib, jarima zarbalari ustida ishlardik. U bilan bir oylik mashg'ulot ichida ko'p narsani o'rgandim. Afsuski, u ketib qoldi.
— Miranchuk «Atalanta»ga ketgach, uni kumirim deb atading.
— Ha, u mening kumirim. Bolalikdan uning o'yinini kuzatib kelaman va u kabi futbolchi bo'lishni istaganman. Unda bor qaysi jihatlar o'zimda yo'qligini bilaman. Miranchukka o'xshashga harakat qilaman, ammo uning o'rnini bilintirmaslikning iloji yo'q.