Yana bir rossiyalik futbolchi A Seriyada paydo bo'lishi mumkin (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 309
Moskvaning "Spartak" klubi hujumchisi Aleksandr Kokorin faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkinligi haqida italiyalik insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.
Italiyalik hamkasbimiz o'zining "Tvitter"dagi rasmiy sahifasida yozishicha, 29 yoshli Kokoringa Rimning "Roma" klubi qiziqish bildirmoqda. "Roma" rahbariyati futbolchining transferi borasida "Spartak" klubiga so'rov yuborishga ulgurdi.
Eslatib o'tamiz, Kokorin "Spartak" klubi yozgi transfer bozorida "Zenit" klubidan erkin agent sifatida ko'chib o'tgandi. Jarohati sababli, hali "qizil-oqlar" tarkibida debyut uchrashuvini o'tkazmadi.
Aleksandr #Kokorin could leave #SpartakMosca after only 1 month. #ASRoma have shown interest and have asked info. #transfers
— Nicolò Schira (@NicoSchira) September 8, 2020