«Manchester Siti» Anxelinoning narxini ma'lum qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 407

Germaniyaning «Leyptsig» klubi «Manchester Siti» futbolchisi Anxelinoning transferi borasida faol muzokara olib bormoqda.
«Shaharliklar» o'z futbolchisining transfer narxini 30 million evro qilib belgilab qo'ydi. O'z navbatida «Leyptsig» Anxelinoni bir yilga ijaraga olib, keyingi mavsumda uni sotib olish imkoniyatidan foydalanmoqchi.
O'tgan mavsumda Anxelino «Leyptsig» tarkibida ijara asosida o'ynashga ulgurdi. U 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol kiritdi va ikkita golga assistentlik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
249