Messi maydonda qanday vazifa bajarishi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 714
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi yangi bosh murabbiy Ronald Kuman boshqaruvi davrida maydonda qanday vazifani bajarishi ma'lum bo'ldi.
"Mundo Deportivo" tarqatgan xabarga ko'ra, niderlandiyalik mutaxassis 4-2-3-1 taktik sxemadan foydalanmoqchi. Argentinalik futbolchi esa bunda o'ng qanot hujumda o'ynaydi.
Kuman 33 yoshli futbolchidan sof hujumchi sifatida foydalanmoqchi. Murabbiy Messining to'pni qabul qilish uchun ortga qaytishini istamayapti.
Shuningdek, mutaxassis Leoni himoyaviy o'yindan ozod qilishi mumkin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!