"Napoli" "Sassuolo" futbolchisi uchun 30 million evro taklif qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 491
"Napoli" "Sassuolo" hujumchisi Jeremi Boga uchun taklif bilan chiqdi.
Footmercato nashri xabariga ko'ra neapolliklar 23 yoshli futbolchi uchun 30 million evro va bonus sifatida yana 5 million evro taklif qilishdi. Ushbu taklifni "Sassuolo" rad etdi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda Boga "Sassuolo" tarkibida 35 uchrashuv o'tkazib 11 gol urdi va ikkita gollik uzatma amalga oshirdi.
Transfermarkt portali uning qiymatini 25 million evroga baholamoqda.
Manba: FootmercatoFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!