Rasman: Xames Rodriges "Everton" bilan shartnoma imzoladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 401
"Everton" "Real Madrid" yarim himoyachisi Xames Rodrigesni rasman o'z safiga qo'shib oldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Mersisaydliklar kolumbiyalik havbek bilan 4 yillik shartnoma imzoladi. "Everton" futbolchi transferi uchun 25 million evro to'ladi.
Eslatib o'tamiz, ushbu transferni amalga oshirishda asosiy rolni "irislar" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti bajardi. Italiyalik mutaxassis "Real" va "Bavariya"da Rodriges bilan birga ishlagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!