Mbappe koronavirus yuqtirib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 379
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe koronavirus yuqtirib oldi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira yozmoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, 21 yoshli o'yinchi ayni vaqtda Frantsiya milliy jamoasi safida bo'lib turibdi.
Eslatib o'tamiz, Avvalroq parijliklarning 6 o'yinchisi, jumladan, Neymar, Anxel Di Mariya, Leandro Paredes va Mauro Ikardi koronavirusga chalingani xabar qilingandi. Shu sababli klubning 10 sentyabr kuni Liga 1 doirasida «Lans»ga qarshi o'yini savol ostida turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!