Draksler Bundesligaga qaytishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 378
Frantsiyaning «PSJ» klubi yarim himoyachisi Yulian Draksler Bundesliganing 3 ta klubi qiziqish bildirmoqda, deya xabar tarqatmoqda Le 10 Sport.
Ularning orasida «Bayer» etakchilik qilmoqda. Chunki, «dorishunoslar» «Chelsi»ga o'tib ketgan Kay Xavertsni o'rnini Draksler bilan to'ldirmoqchi.
Shuningdek, Yulianning xizmatiga «Gerta» va Dortmundning «Borussiya» klublari ham qiziqish bildirishmroqda.
Drakslerning o'zi «PSJ»ni tark etishni xohlayotgani va bu borada aniq bir qarorga kelganini yashirmayapti. Futbolchining "PSJ" klubi bilan bir yillik shartnomasi qolgan va frantsiyaliklar shartnomani uzaytirishga shoshmayapti.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!