«Lester» «Udineze» etakchisini xarid qilishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 150
Italiya matbuotining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Angliyaning «Lester» klubi "Udineze" klubi yarim himoyachisi Rodrigo de Paulga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Argentinalik futbolchining o'zi ham «Udineze» klubini tark etishga qarshi emas.
Italiya klubi hozircha o'zining etakchi futbolchisi uchun 40 million evro talab qilmoqda. Biroq, «Udineze» De Paulni koronavirus pandemiyasi sababli yuzaga kelgan moliyaviy inqiroz davrida bunday mablag'ga sotishi dargumon.
26 yoshli futbolchi Argentina terma jamoasiga taklif etilib turadi. Uning jamoasi bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilgacha amal qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!