Arshavin: «Londonda menga erkinlik etishmagandi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 236
Rossiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Andrey Arshavin «Arsenal» klubida o'ynagan davrlarini yodga oldi.
«Londonga ko'chib o'tish men uchun qiyin bo'lgan. Menga u erda erkinlik etishmagan. U erda xohlaysanmi yoki yo'qmi, amal qilishing kerak bo'lgan qoidalar ko'p. Ruscha nutq va Piter menga etishmagan. Piterda o'zimni boshqacha his qilaman.
«Arsenal» tarkibida o'ynab keta olmadim deb ayta olmayman. U erda 130 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Yanada yaxshiroq o'ynashim uchun yanayam ertaroq borishim kerak edi, bu bir.
Ikkinchidan, oradan bir qancha muddat o'tgach, bosh murabbiyimiz mening o'rnimga yangi futbolchilarni sotib olishni boshladi. Uning fikricha, yangi olingan futbolchilar mendan yaxshi edi. Men esa bunga e'tibor qaratmasdim, o'z ishimni qilavergandim», – dedi Arshavin «Match TV» bilan suhbatda.