«Inter» TsSKA futbolchisini sotib olishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 233
Metaratings.ru saytining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Moskvaning TsSKA klubi yarim himoyachisi Nikola Vlashich jamoasini o'zgartirishi mumkin.
Futbolchiga Italiyaning «Inter» klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. «Inter» klubi xorvatiyalik futbolchi uchun 25 million evro va bonuslar taklif qilmoqda.
Xabarda aytilishicha, TsSKA Vlashich bilan xayrlashish niyatida emas, chunki, xorvatiyalik futbolchi jamoaning asosiy futbolchisini sanaladi. Shuningdek, TsSKA rahbarlarining qo'lida "Inter" klubidan tashqari, xorvatiyalik futbolchi uchun yana bitta ajoyib taklif turibdi. Lekin, hozirda bu klub nomi ochiqlanmayapti.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!