«Manchester Yunayted» ukrainalik futbolchiga ko'z tikmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 213
Manchester Evening News portalining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Kievning "Dinamo" klubi futbolchisi Vitaliy Mikolenkoga Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. "MYu" skautlari «Dinamo» futbolchisi borasida ijobiy fikrga kelishdi.
"MYu" murabbiylari Mikolenkoga chap qanot himoyachisi sifatida ko'rishmoqda. Hozirda «MYu»ning bu pozitsiyasida Lyuk Shou va Brendon Uilyamslar o'ynamoqda.
Avvalrov Mikolenkoga «Napoli» klubi ham qiziqish bildirgandi. Biroq, Italiyada legionerlarga qo'yilgan cheklov sababli, bu bitim amalga oshmay qolgandi. Chunki, Mikolenkoda hali Evro Ittifoq pasporti yo'q.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!