Sautgeyt Angliya terma jamoasidan yana ikki nafar futbolchini chetlatdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 166
Angliyaning «Manchester Yunayted» va «Manchester Siti» klubi futbolchilari Meyson Grinvud hamda Fil Fodenlar Islandiyada vaqtlarini ko'ngilxo'shlikda o'tkazishdi.
Islandiya terma jamoasiga qarshi uchrashuv arafaida bu ikki yosh futbolchi qizlar bilan birgalikda bazm tashkillashtirishgan.
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt bu ikki futbolchini Daniya terma jamoasiga qarshi bo'ladigan uchrashuv ro'yxatiga kiritmaslikka qaror qildi.
Qiziqarli tomoni shundaki, avvalroq Xarri Maguayrni ham terma jamoadan chetlatgandi. Chunki, «Manchester Yunayted» himoyachisi Gretsiya politsiyasi bilan mushtlashgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!