Ana xolos! Jokovich o'yin paytida diskvalifikatsiya qilindi (video)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 259
AQShning Nyu-York shahrida tennis bo'yicha "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi US Open turniri davom etmoqda.
Sayyoramizning birinchi raketkasi Novak Jokovich kutilmagan holatda musobaqadan chetlatildi. Ispaniyalik Pablo Karreno-Bustaga qarshi davom etayotgan o'yinning 5/6 hisob ko'rinishida bosh hakam uchrashuvni to'xtatdi va serbiyalik tennischiga texnik mag'lubiyat yozdi.
Gap shundaki, Jokovich to'pni jahl ustida devorga zarba berayotganda to'p ayol chiziq hakamining tomog'iga tegdi. Yoshi kattaroq bo'lgan hakamga nafas etmay qolgan. U shifokorlar yordamida kortni tark etgan. Hakam va nazoratchilar o'zaro kelishgan holda Novakning bu qilig'i uchun chetlatish jazosini qo'llashdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!