Fati: «Terma jamoaning barcha a'zolaridan futbolkamga imzo chekishni so'radim»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 264
Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Ansu Fati Millatlar ligasi doirasida Ukrainaga qarshi bo'lib o'tgan o'yin (4:0) borasida o'z fikrini bildirib o'tdi. U kecha raqib darvozasiga to'p kiritib, Ispaniya termasi tarixida gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi.
«Maydonga chiqishdan oldin murabbiy menga bunday o'yin faoliyatimda faqat bir marta bo'lishini, o'z o'yinimni ko'rsatishim kerakligini ta'kidladi. Men barcha o'yinchilardan futbolkamga imzo chekib berishlarini so'radim. Ushbu futbolka uyimda faxrli joyni — "Barsa" safidagi Ispaniya chempionati va Chempionlar ligasidagi debyut o'yinlarimda kiygan formalar yonidan o'rin egallaydi», — dedi Fati UEFA matbuot xizmatiga bergan intervyusida.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!