Rabo Londonga ko'chib o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 237
Calciomercato portalining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Turinning «Yuventus» klubi yarim himoyachisi Adrien Rabo Londonning «Tottenxem» klubiga o'tishi mumkin.
25 yoshli frantsiyalik yarim himoyachiga va'da qilinganidek, "Yuventus" klubining asosiy tarkibida imkoniyat berilmadi. Shu sababli, u shu yozning transfer oynasida jamoani tark etishga qaror qildi.
Eslatib o'tamiz, Rabo o'tgan yilning yozida «keksa sinora» tarkibiga erkin agent sifatida kelib qo'shilgandi.
Joriy mavsumda Rabo "Yuve" tarkibida 27 ta uchrashuvda maydonga tushdi va bitta gol kiritishga erishdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!