Semedu "Barselona"dan ketishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 313
39AS xabariga ko'ra, "Barcelona" himoyachisi Nelson Semedu jamoani tark etishi mumkin.
Portugaliyalik himoyachi uning ketishi bilan bog'liq OAVda ko'plab mish-mishlardan so'ng "ko'k-anorranglilar" safidagi kelajagi haqida jiddiy o'ylashga qaror qildi. Klubning ikki tomonlama o'yin qilayotgani va aniq fikr bildirmagani futbolchiga yoqmayapti.
Eslatib o'tamiz, "Barselona" tarkibni keng miqyosda tozalashni rejalashtirmoqda.
Ushbu mavsumda portugaliyalik futbolchining hisobida La Liganing 32 o'yinida 1 ta gol va 4 ta golli pas bor.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!