Suares "Barselona"ga ultimatum qo'ydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 490
"Barcelona"ning urugvaylik hujumchisi Luis Suares klubni tekinga tark etmoqchi emas, deb xabar beradi Sky Sports.
Nashrning yozishicha, futbolchi shartnomasi tugamaguncha Kataloniya klubidan to'liq maosh talab qilmoqda. "Barselona" o'z navbatida forvard bilan shartnomani tekinga bekor qilmoqchi.
Eslatib o'tamiz, jamoaning yangi bosh murabbiyi Ronald Kuman 33 yoshli Suaresga ishonch bildirmadi. Urugvaylik futbolchi hozirda "Yuventus" bilan muzokara olib bormoqda.
Suares "Barselona" tarkibida 2014 yildan beri o'ynab kelmoqda. Hammasi bo'lib u klub safida barcha turnirlarda 283 uchrashuv o'tkazgan, 198 gol urgan va 109 golga uzatma bergan. Uning klub bilan shartnomasi 2021 yilning yozigacha amal qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!