Messi koronavirusga test topshirdi. Shifokorlar uning uyiga bordi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 246
"Barcelona" jamoasining argentinalik hujumchisi Lionel Messi koronavirusga test topshirdi, deb xabar beradi Ole.
Gazetaning yozishicha, Kataloniya klubi rahbariyati tibbiy guruhni Messining uyiga yuborgan. Agar test natijasi manfiy bo'lsa, forvard 7 sentyabr, dushanba kuni mashg'ulotlarga qo'shiladi.
Eslatib o'tamiz, 33 yoshli Messi "Barselona" bilan 2021 yil yozigacha tuzilgan shartnomani bir tomonlama bekor qilishga urindi. Ammo klub kelishuvni buzishdan bosh tortdi, shu sababli futbolchi jamoada qolishga qaror qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!