Millatlar ligasi. Angliya qiyinchilik bilan Islandiyani mag'lub etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 279
UEFA millatlar ligasi 1-turi doirasida Islandiya terma jamoasi o'z uyida Angliyani qabul qildi.
Uchrashuv u qadar qiziqarli kechmadi. Bahsning 70-daqiqasida inglizlar himoyachisi Uoker ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni tark etdi.
Shunga qaramay, britaniyaliklar g'alaba ilinjida oldinga tashlanishdi. Bahs so'ngida Sterling jarima maydoni ichida darvoza tomon tepgan to'p himoyachining qo'liga tegdi. Hakam penalti belgiladi va Rahim 11 metrli jarima zarbasidan unumli foydalandi.
Islandiya esa darhol hujum tashkil qilib, penalti ishladi. Ammo Byarnason tomonidan yo'llangan zarbadan so'ng to'p to'sin ustidan o'tib ketdi. Natijada mezbonlar bir ochkoga ega bo'lish imkoniyatini qo'ldan chiqarishdi.
UEFA millatlar ligasi, 1-tur
Islandiya – Angliya 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 90, penalti Sterling.
Islandiya – Xalldoursson, Xermannsson, Arnason, Magnusson, Ingason, Byarnason, Traustason (Xadlvredsson, 76), Torsteynsson (Sigurdsson, 66), Paulsson, Gudmundsson, Bedvarsson (Fridonsson, 90).
Angliya – Pikford, Gomes, Tripper, Uoker, Dayer, Sancho (Aleksander-Arnold, 73), Rays, Foden (Ingz, 68), Uord-Prouz, Sterling, Keyn (Grinvud, 78).
Ogohlantirishlar: Uoker (33), Ingason (42), Gomes (90).
Chetlatish: Uoker (70), Ingason (89).