Krishtianu Ronaldu: «Bizning tariximiz yutuqlar va ajoyib lahzalardan iborat»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 414
Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Millatlar Ligasi doirasida o'tkaziladigan o'yinlar oldidan o'z Instagram sahifasida ta'sirli post qoldirdi.
«Bizning tariximiz yutuqlar va ajoyib lahzalardan iboratdir! Tez orada biz Millatlar Ligasi chempionligini himoya qilishni boshlaymiz. Siz, biz va barcha uchun! Olg'a, Portugaliya.» — dedi Portugaliya terma jamoasi futbolchisi Krishtianu Ronaldu.
Qayd etish joiz, 5 sentyabr, shanba kuni Portugaliya guruh bosqichining birinchi turida Xorvatiya bilan kuch sinashadi.
Eslatib o'tamiz, mazkur musobaqaning o'tgan yilgi mavsumida Portugaliya finalda Niderlandiyani mag'lub etib, bosh sovringa ega chiqqandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!