"Real"ning sobiq futbolchisi jirkanch jinoyatda ayblanmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 561
Germaniyaning sobiq futbolchisi Kristof Mettselder qamalishi mumkin.
Prokuratura Germaniya terma jamoasining sobiq himoyachisiga nisbatan bolalar pornografiyasini saqlash va tarqatishda ayblovlarni rasman e'lon qildi.
Ma'lum qilinishicha, tergovchilar sportchining mobil telefonidan bolalar va yoshlar pornografiyasini o'z ichiga olgan deyarli 300 ta faylni topgan, ya'ni uning aybi to'liq isbotlangan.
Nemis qancha vaqtga qamalishi mumkinligi hali noma'lum.
39 yoshli Mettselder "Borussiya Dortmund" (2000-2007), "Real" (2007-2010) va "Shalke" (2010-2013) jamoalaridagi o'yinlari bilan tanilgan.
Manba: soccernews.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!