Messi qachon Kumanning qo'l ostiga qaytishi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 477
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi tez orada Ronald Kuman mashg'ulotlariga qaytadi.
Mundo Deportivo xabariga ko'ra, argentinalik futbolchi 2020/2021 yilgi mavsumga tayyorgarlikni 7 sentyabr, dushanba kuni jamoadoshlari bilan boshlaydi. Manbada aytilishicha, "Barselona" Messini klub bazasida shanba kuni ko'rishni umid qilgan, ammo keyin u ikki kundan keyin kelishi haqida qaror qabul qilingan.
Eslatib o'tamiz, Messi "Barselona"dan ketishga qaror qilgan, ammo hozircha yana bir mavsum Kataloniyada qoladi.
Manba: footballhd.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!