Ronaldu: «Chempionlikni himoya qilishni boshlaymiz. Olg'a, Portugaliya»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 327

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Millatlar Ligasining yangi mavsumi oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Bugun, 5 sentyabr kuni Portugaliya termasi 1-turda Xorvatiyaga qarshi maydonga tushadi.
"Bizning hikoyamiz barchamiz uchun yutuqlar va noyob daqiqalardan iborat!
Ertaga biz Millatlar Ligasi chempionligini himoya qilishni boshlaymiz. Siz uchun, biz uchun, hamma uchun! Olg'a, Portugaliya", -deb yozib qoldirdi Ronaldu. Eslatib o'tamiz, o'tgan yili Portugaliya Millatlar Ligasi finalida Niderlandiyani mag'lub etgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
213