«Manchester Siti» egalari Frantsiya klubini sotib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 638
«Manchester Siti» klubiga egalik qiluvchi City Football Group Frantsiyaning «Trua» klubini sotib oldi. Bu haqda frantsuz klubi rasmiy saytida ma'lum qilindi.
«Trua» Frantsiyaning ikkinchi ligasida harakat qiladi. Jamoa 2019/20 yilgi mavsumida 4-o'rinni egalladi.
Shu tariqa «Trua» City Football Group’ga tegishli o'ninchi klubga aylandi. Ushbu kompaniya «Melburn Siti» (Avstraliya), «Nyu-York Siti» (AQSh), «Torke» (Urugvay), «Mumbai Siti» (Hindiston), «Lommel» (Belgiya), «Jirona» (Ispaniya), «Sichuan Tszyunyu» (Xitoy) va «Yokogama Marinos» (Yaponiya) kabi klublarga ham egalik qiladi.
Avvalroq CFG Rossiyaning «Ufa» klubini sotib olish borasida muzokaralar olib borayotgani xabar qilingandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!