"Atletiko" "Xetafe" himoyachisiga qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 252
"Atletiko" "Xetafe" himoyachisi Matias Olivera bilan shartnoma imzolashni istamoqda, deb xabar beradi AS nashri.
Manbaning xabariga ko'ra, madridliklar urugvaylik futbolchi bilan uch yillik shartnoma borasida kelishib olgan, endilikda Madrid jamoasi "Xetafe" bilan kelishuvga erishishi kerak.
22 yoshli futbolchining shartnomasida 20 million evro miqdoridagi tovon puli mavjud, madridliklar esa 10 million evrodan ko'p to'lamoqchi emas.
Ma'lumot uchun, o'tgan mavsumda Olivera La Ligada 24 ta o'yin o'tkazib bitta gollik uzatma amalga oshirdi.
Manba: ASFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!