Messi o'z fikrini o'zgartirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 767
«Barselona» hujumchisi Lionel Messi kataloniyaliklar safida qolishi mumkin, deya xabar tarqatdi "Marca" nashri.
Manbaga ko'ra, argentinalik futbolchi o'z fikrini o'zgartirib, yana bir yil "Barsa"da o'ynashi mumkin.
«Ko'k-anorranglilar» prezidenti Jozep Bartomeu futbolchini qo'yib yubormoqchi emas. Messi esa shartnomani bekor qilish bo'yicha sudga murojaat qilishi mumkin edi. Ammo Leo klub safini mojaro bilan tark etishni istamayapti. Chunki muxlislar Neymar kabi uni ham yomon ko'rib qolishlarini xohlamayapti.
Messi yakuniy qarorga kelsa, "Barselona" mashg'ulotlariga kelib qo'shiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!