PSJning yana uch futbolchisida koronavirus aniqlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 242
PSJ klubining yana uch nafar vakilida 3 sentyabr kuni koronavirus aniqlandi va Parij klubdagi kasallangan soni olti nafarga etdi.
Kasallikni yuqtirib olgan futbolchilar — Mauro Ikardi, Keylor Navas va Markinos. Avvalroq Neymar, Anxel di Mariya va Leandro Paredes COVID-19 infektsiyasini yuqtirib olgani xabar qilingandi.
Yuqoridagi futbolchilarning barchasi ta'tilni birgalikda Ibitsada o'tkazgan.
Eslatib o'tamiz, parijliklar 10 sentyabr kuni Liga 1 musobaqasining 2-turi doirasida «Lans»ga qarshi o'ynaydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!