APL rahbariyati yirik shartnomani muddatdan oldin bekor qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 338
Angliya futboli rahbariyati APL o'yinlarini Xitoyga translyatsiya qilish shartnomasini muddatdan oldin bekor qilishga qaror qildi.
The Guardian nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, shartnomani bekor qilinishiga sabab, Suning korporatsiyasi mart oyi uchun 179 million evrolik majburiy to'lovni o'tkazmagan edi.
Eslatib o'tamiz, APL o'yinlari mart oyida koronavirus pandemiyasi sababli bekor qilingan edi. Shu sababli, APL bahslari iyun oyida qayta tiklangandi.
Tomonlar shartnomani uch yilga imzolagan edi va shartnoma bahosi 631 million evroni tashkil etardi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!