Rabo Desham bilan erkakcha gaplashib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 305
Turinning "Yuventus" klubi yarim himoyachisi Adrien Rabo uzoq muddatli tanaffusdan keyin Frantsiya terma jamoasiga qaytdi. Avvalroq futbolchining terma jamoa bosh murabbiyi Dide Desham bilan munosabatlari yomonlashgandi. Shu sababli, Rabo va Deshamlar bu keskin munosabatga oydinlik kiritib olishdi.
«Terma jamoaga qaytganimdan xursandman. Murabbiy bilan muammo yo'q. Bizda 2018 yili nimalar bo'lganini muhokama qilib olish uchun imkoniyat bo'ldiu. Biz erkakcha gaplashib oldik. Men hech qachon uni haqorat qilmaganman, tushunmovchiliklar ortda qoldi», – dedi Rabo.
Frantsiya terma jamoasi 5 sentyabr kuni Shvetsiya terma jamoasiga qarshi o'ynaydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!