Diego Kosta va "Atletiko"ning yana bir futbolchisi koronavirusga chalindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 378
Madridning "Atletiko" klubi futbolchilari - Diego Kosta va Santyago Ariaslar koronavirusga chalinganligi haqida "matraschilar"ning rasmiy sayti xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, futbolchilar Madrid shahrining chekka joylarida hordiq chiqarishgan, ikki futbolchida ham koronavirus alomatlari sezilgan va ular ayni paytda izolyatsiyaga olingan. Shu sababli, bu ikki futbolchi jamoaning mavsumoldi yig'inlarining dastlabki bosqichini o'tkazib yuboradi.
La Liganing yangi mavsumi 11 sentyabrdan boshlanishi rejalashtirilgan. Diego Simeone shogirdlari yangi chempionatning ilk uy uchrashuvini 27 sentyabr kuni "Granada" klubiga qarshi bahs olib boradi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!