Pochettino: "Messi istalgan Liganing etakchisi bo'lishga tayyor"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 431
Londonning "Tottenxem" klubi sobiq bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Kataloniyaning "Barselona" klubi hujumchisi Lionel Messini "Manchester Siti"ga ko'chib o'tishi mumkinligi haqidagi xabarlarga o'z munosabatini bildirdi.
"Hamma narsa ro'y berishi mumkin. Messi qaerda xohlasa o'sha erda o'ynay oladi, hoh u APL, hoh La Liga bo'lsin. U istalgan liganing etakchisi bo'lishga tayyor", - Pochettinoning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Ole.
Eslatib o'tamiz, Messi kelasi yili yakuniga etadigan shartnomasini "Barselona" bilan bekor qilishga harakat qilmoqda. Klub rahbariyati esa argentinalik futbolchini tarkibda saqlab qolmoqchi, hatto u bilan shartnomani uzaytirmoqchi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!