Pirlo "Yuventus"ning yangi mavsumdagi maqsadini ma'lum qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 467
Turinning "Yuventus" klubi bosh murabbiyi Andrea Pirlo jamoaning keyingi mavsumdagi maqsadlari haqida fikr bildirdi.
"Oldimizda oson bo'lmagan yo'l turibdi. Biz yangi mavsumga aytarli tayyorgarlikni boshlamadik, ixtiyorimga hali barcha futbolchilar etib kelmadi. Shuningdek, tarkibimizga yangi futbolchilar kelib qo'shilishlari kerak. Muvaffaqiyat qozonish uchun bor kuchimizni ishga solamiz. Asosiy maqsadimiz - skudettoni ketma-ket 10-marta qo'lga kiritish. Shuningdek, Evropa Chempionlari Ligasining finaligacha etib borish.
To'pni yo'qotishimiz bilan tezroq o'yinga qaytish uchun asosiy urg'uni pressingga qaratamiz. Yakuniga etgan Evropa Chempionlari Ligasida o'ynagan klublar to'pni yo'qotishlari bilan zudlik bilan uni egallab olishga harakat qildi", - Pirloning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda klub rasmiy sayti.
A Seriyaning 1-turida "Yuventus" "Sampdoriya" klubi bilan 19 yoki 20 sentyabr kuni bahs olib boradi.