"Manchester Siti" qiziqayotgan futbolchi uchun "MYu" ham kurashga qo'shildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 197
Ispaniyaning "Sevilya" klubi himoyachisi Diego Karlos faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.
Marca nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, 27 yoshli braziliyalik himoyachi uchun "Manchester Siti" va "Manchester Yunayted" klublari kurash olib borishmoqda.
Braziliyalik futbolchining transfer narxi 75 million evro atrofida baholanmoqda. Uning "Sevilya" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilgacha mo'ljallangan.
Yakuniga etgan mavsumda Karlos 45 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol kiritishga erishdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!