"Arsenal" Londonning boshqa bir klubi futbolchisiga qiziqmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 159
Football Insider portalining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Londonning "Arsenal" klubi "Vest Xem" futbolchisi Felipe Andersonni sotib olish niyatida. "Kanonirlar" jamoa bosh murabbiyi Devid Moyes va futbolchi orasida yuzaga kelgan ziddiyatdan unumli foydalanmoqchi.
27 yoshli braziliyalik futbolchining "Vest Xem" klubi bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilda o'z yakuniga etadi. Uning transfer narxi 25 million evro atrofida baholanmoqda.
Yakuniga etgan mavsumda Anderson 27 ta uchrashuvda maydonga tushdi va bitta gol kiritish bilan bir qatorda 4 ta golga assistentlik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!