«Inter» hujumchisi A Seriyaning boshqa klubiga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 199
Italiyaning «Parma» klubi «Inter» klubini yosh futbolchisini ijaraga olmoqchi. Gap 18 yoshli hujumchi Sebastyano Espozito haqida ketmoqda.
Joriy mavsumda Espozito A Seriyadagi o'zining debyut o'yinini o'tkazdi. U «neradzurrilar»ning 7 ta uchrashuvda maydonga tushdi va bitta gol kiritishga muvaffaq bo'ldi.
Antonio Konte Espozito bilan vaqtinchalik xayrlashishga tayyor. Murabbiy yosh hujumchining ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishini va o'sishini xohlamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!