Rasman: Kastan – «Lester» futbolchisi!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 161
Italiyaning "Atalanta" klubi futbolchisi Timoti Kastan Angliyaning «Lester» klubi a'zosiga aylandi. Bu haqda "tulkilar"ning rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Belgiyalik Timoti yangi jamoasi bilan besh yillik shartnoma imzoladi va «Lester» bu transfer uchun 25 million evro sarf qildi.
Kastan o'ng qanot himoyachisi hisoblanadi. Joriy mavsumda u «Atalanta»ni A Seriyada bronza medallarini qo'lga kiritishga va EChLning chorak finalgacha etib borishida katta hissa qo'shdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!