Verner Jiruga raqobatchi emasmi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 188
Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Olive Jiru Londonning «Chelsi» klubini tark etmaydi. Futbolchi o'zining iqtidoriga ishonmoqda. Yakuniga etgan mavsumning ikkinchi davrasida aynan u asosiy tarkib hujumchisiga aylandi.
«Barchagam ma'lum, qishda boshqa jamoaga o'tishga juda yaqin kelgandim. Lekin, murabbiy menga o'zimni ko'rsatishim imkon berdi va men bu imkoniyatni qo'ldan chiqarmadim. Bu katta g'alaba bo'ldi va jiddiy chaqiruv bo'ldi.
Men sodda emasman, klub Vernerni sotib oldimi, demak u o'ynaydi. Biroq, bizning yo'nalishlarimiz boshqa-boshqa. U keng o'ynaydi va mening pozitsiyamda o'ynamaydi. Murabbiy raqibning taktikasidan kelib chiqqan holda tarkibni tanlaydi. O'zimning 34 yoshimda barcha narsamni berishga tayyorman», – dedi Jiru Clairefontaine bilan suhbatda.