O'zbekiston U19 Xo'jandda g'alaba qozondi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 460
O'zbekiston va Tojikiston yoshlar terma jamoalari Xo'jand shahrida o'zaro o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishdi. Uchrashuvda Temur Kapadze boshchiligidagi yoshlarimiz kichik hisobda g'alaba qozonishdi.
Vakillarimiz butun o'yin davomida katta ustunlikka ega bo'lishdi. Ular o'zlari yaratgan ko'pgina vaziyatlarning faqat bittasidan unumli foydalanishdi. Ikkinchi bo'limda o'ng qanotdan etkazilgan to'pni Ulug'bek Hoshimov bosh bilan raqib darvozasiga joylab qo'ydi.
Ushbu terma jamoalar yana uch kundan keyin ikkinchi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushishadi.
O'rtoqlik uchrashuvi
Tojikiston U19 - O'zbekiston U19 - 1:0 (0:0)
Gol: Ulug'bek Hoshimov (52)
O'zbekiston U19: Shukron Yo'ldoshev, Saidazamat Mirsaidov, Odilbek Abdumajidov, Abubakr Rizo Turdaliev, Ulug'bek Xoshimov, Davron Anvarov, Otabek Jo'raqo'ziev, Eldor Begimov, Ruslan Roziev, Husayn Norchaev, Abdurauf Bo'riev.