Ronalduning oyoq barmog'iga infektsiya tushdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 517
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasining payshanba kungi mashg'ulotida ishtirok etmadi.
Portugaliya terma jamoasi rasmiy sayti xabar tarqatishicha, 35 yoshli futbolchining o'ng oyog'i barmog'iga infektsiya tushgani uchun u antibiotik yordamida davolanmoqda. Futbolchi kecha sportzalda shug'ullangan bo'lsa, bugun ertalab mashg'ulotda ishtirok etmadi.
Ronaldu terma jamoaning Xorvatiya (5 sentyabr) va Shvetsiya (8 sentyabr)ga qarshi o'rtoqlik o'yinlarida ishtirok etadimi yoki yo'qmi, bu haqda ma'lumot berilmadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!