So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Sanjar Qodirqulov Tojikistonga qarshi o'yin haqida: "Maqsadimiz bitta"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 169
O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi Sanjar Qodirqulov Tojikistonga qarshi o'rtoqlik o'yini haqida gapirdi.
"O'yinga tayyorgarlik, albatta, a'lo darajada. Ushbu uchrashuv o'rtoqlik o'yini maqomida bo'lgani sababli ortiqcha bosim yo'qdek ko'rinar. Biroq qo'shni mamlakat vakillariga qarshi bahs etarlicha mas'uliyat yuklaydi. Bundan tashqari, pandemiya sabab MTJ o'yinlarida uzoq muddatli tanaffus yuzaga kelgan. Shuning uchun ham bu o'yinda g'alaba qozonishimiz juda ham zarur.
JCh-2022 saralash bahslarida terma jamoamizning keyingi bosqichga chiqish imkoniyatlari juda yuqori. Asosiy vazifamiz bosh murabbiy ko'rsatmalarini bajarib, barcha uchrashuvlarda g'alaba qozonishdan iborat. Guruhda 1-o'rinni egallab, keyingi bosqichga chiqish vazifasini uddalashamizga ishonaman", – dedi Qodirqulov.
Manba: stadion.uz