Baxtiyor Hamidullaev: "Egallab turgan o'ringa loyiq emasmiz"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 181

Bugundan ikkinchi davra o'yinlariga tayyorgarlikni boshlagan "Andijon" jamoasini Baxtiyor Hamidullaev vaqtincha boshqarib turadigan bo'ldi.
Futbolchilar bilan tashkil etilgan uchrashuvda Baxtiyor Hamidullaev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Avvalo menga bildirilgan ishonch uchun minnatdorman. Tarkibdagi aksariyat futbolchilarni yaxshi taniyman. Yaqinda chempionatning yuqori o'rinlarida turgan jamoa bilan turnir jadvalining so'nggi o'rinlarini egallab turgan jamoalarning o'zaro o'yinlarini tomosha qildim. Aytarli, katta tafovut yo'q. Demoqchi bo'lganim — barcha jamoa bilan o'ynasa bo'ladi. Hozirgi egallab turgan o'rin umuman bizga yarashmaydi. Biz Superligada qolish bilan bir qatorda yuqoriroq o'rinlar bilan chempionatni yakunlashimiz kerak", — dedi Baxtiyor Hamidullaev.

Bosh sahifaga
236