So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Totti: "Pirlodan dastlabki mavsumdayoq natija talab qilinadi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 238
Rimning «Roma» klubi afsonaviy sobiq futbolchisi Franchesko Tottining fikricha, Andrea Pirlo «Yuventus» klubini muvvafaqiyat sari etaklay oladi.
«U ajoyib inson, umid qilamanki u murabbiylik faoliyatida ham ajoyib natijalarga erishadi va shuni aytishim mumkinki, «Yuventus» kamdan-kam hollarda murabbiy tanlovida adashadi. Bu rahbariyatning ajoyib qarori bo'ldi», — dedi Totti.
«Biroq, tan olishim kerakki, bunday keskin qarorni kutmagandim. Murabbiylikni endi boshlayotgan mutaxassis faoliyatini birdaniga faqat g'alabalar talab qilinadigan klubda boshlashi noodatiy hol. Buyuk klubda Andreadan birinchi mavsumdanoq chempionlik talaba qilinadi.
«Yuventus» Pirloning murabbiylikdagi birinchi klubi ekanligi birovning ko'ziga ko'rinmaydi. Pirlodan faqat natija talab qilinadi», — dedi Totti.